KONSTITUTSIYAVIY MONARXIYA

Ensiklopediya 1

KONSTITUTSIYAVIY MONARXIYA KONSTITUTSIYAVIY MONARXIYA — monarxiya boshqaruv shaklining alohida turi. Unda monarx hokimiyati konstitutsiya bilan cheklangan boʻladi, saylab qoʻyiladigan qonunchilik organi — parlament va mustaqil sudlar boʻladi. Hoz. vaqtda Konstitutsiyaviy monarxiyaning ikki shakli: dualistik monarxiya va parlament monarxiya mavjud (q. Monarxiya). Ensiklopediya.uz KONSTITUTSIYAVIY MONARXIYA