KONIBODOM
KONIBODOM KONIBODOM — Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyatidagi shahar. Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismida. Katta Fargʻona kanali boʻyida. Konibodom temir yoʻl st-yasidan 6 km. Aholisi 38,8 ming kishi (1990-y. lar). Konibodom 1463-y. dan Kandi Bodom deb tilga olinadi. Baʼzi adabiyotlarga koʻra, Konibodom 9—10-a. lardan maʼlum. Q. x. mashinasozligi, yengil (paxta tozalash, toʻqimachilik, tikuvchilik), oziqovqat sanoati korxonalari bor. … Читать далее