KONGO
KONGO KONGO (bakongo) — bantu guruhiga mansub xalq. Zairda (6,6 mln. kishi), Kongoda (1,23 mln. kishi), Angolada (1,3 mln. kishi), Uganda va Gabonda yashaydilar. Umumiy soni 9,2 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Kongo tilida soʻzlashadilar. Negroid irqiga mansub. Dindorlari — asosan, xristianlar, sinkretik (mushtarak) va anʼanaviy diniy eʼtiqodlar ham mavjud. Dehqonchilik, hunarmandchilik, ovchilik bilan shugʻullanadilar. … Читать далее