KOLOMYANKA

Ensiklopediya 1

KOLOMYANKA KOLOMYANKA, kolomenka (nem. Kalamank) — atlas oʻrilishda toʻqiladigan zigʻir tolali gazlama. Oʻngida arkok iplaridan yaltiroq sirt hosil qilinadi. Kolomyanka xom gazlama tarzida, chala oqartirib va oqartirib ishlab chiqariladi. Undan yozgi kostyumlar, bosh kiyimlar va b. yengil kiyim-boshlar tikiladi. Ensiklopediya.uz KOLOMYANKA