KOʻHIBOBO
KOʻHIBOBO KOʻHIBOBO — Hindukush togʻlari tarkibidagi togʻ tizmasi. Afgʻonistonning markaziy qismida. Oʻz. qariyb 60 km. Eng baland joyi 5143 m (Shohpoʻloti togʻi). Herirud, Hilmand, Surxob (Amudaryoning chap irmogʻi), Kobul (Hindning oʻng irmogʻi) daryolarining bosh qismlari shakllanadigan gidrografik tugun. Togʻ dashti va choʻl landshafti xukmron. Ensiklopediya.uz KOʻHIBOBO