KIYIKOʻT
KIYIKOʻT KIYIKOʻT (Ziziphora) — yalpizdoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻtlar turkumi. Boʻyi 30 sm cha. Poyalari ingichka, kulrang. Bargi nashtarsimon. Guli yarim shar koʻrinishidagi tupgulda, poyalarning uchida joylashgan. Tojbargi ikki labli, pushti, ustki tojbargi yaxlit, toʻgʻri. Ensiklopediya.uz KIYIKOʻT