KINOSHUNOSLIK

Ensiklopediya 1

KINOSHUNOSLIK KINOSHUNOSLIK — kino sanʼati haqidagi fan, sanʼatshunoslik sohasi; kino sanʼati nazariyasi va amaliyotini, tarixi, uning taraqqiyot yoʻllarini, shuningdek, aktyor ijodi, rejissura, kinodramaturgiya muammolari, kinomusiqa, operatorlik sanʼati va b. ni oʻrganadi va tadqiq etadi. Kinoshunoslik sohasiga kino nazariyasi va tarixi, kino tanqidchiligi va qoʻshimcha boʻlim sifatida kinobibliografiya va filmografiya kiradi. Ensiklopediya.uz KINOSHUNOSLIK