KINDIA
KINDIA KINDIA — Gvineya Respublikasining jan.-gʻarbiy qismidagi shahar. Kindia viloyatinig maʼmuriy markazi. Aholisi 60 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtasi). T. y. va shosse yoʻli orqali Konakri sh. bilan bogʻlangan. Q. x. rayonining (banan, ananas, sholi, sitrus mevalar) savdo markazi. Oziq-ovqat va yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. K. yaqinida yirik boksit konlari ochilgan. Ensiklopediya.uz KINDIA