KIKLAD OROLLARI

Ensiklopediya 1

KIKLAD OROLLARI KIKLAD OROLLARI — Egey dengizining jan. qismidagi arxipelag. 211 oroldan iborat. Eng yiriklari: Naksos, Andros, Tinos, Paros, Milos. Gretsiya tarkibida. Umumiy mayd. 2,6 ming km2. Relyefi togʻli, eng baland joyi 1008 m (Naksos o. da). Orollar materik kelib chiqishiga ega. Asosan, kristall jinslar va ohaktoshlardan tuzilgan. Tez-tez zilzila boʻlib turadi, harakatdagi vulkanlar bor. … Читать далее