KERAMZIT

Ensiklopediya 1

KERAMZIT KERAMZIT (yun. Keramos – loy) – yengil eruvchan loysimon jinsni pishirib olinadigan gʻovak material. Shagʻal, chaqiq tosh yoki qum koʻrinishida tayyorlanadi. Yengil betonning toʻldirgichi, filtrlovchi material, issiqlik va tovush izolyatsiyalari sifatida ishlatiladi. Hajmiy masasi 150—800 kg/m3, qisilishga mustahkamligi 0,3 — 6 MPa. Ensiklopediya.uz KERAMZIT