KELVIN
KELVIN KELVIN — Xalqaro birliklar tizimi SI da termodinamik t-ralar birligi. U. Tomson (lord Kelvin) sharafiga qoʻyilgan. Suvning uchlama nuqtasi (suyuq, gaz, muz) termodinamik t-rasining 1/273,16 qismiga teng. K bilan belgilanadi. 1968-y. gacha Kelvin gradusi (°K) deb yuritilgan. K Xalkaro amaliy temperatura shkalasi birligi sifatida qoʻllaniladi. Ensiklopediya.uz KELVIN