KECHKEMET
KECHKEMET KECHKEMET — Vengriyaning markaziy qismidagi shahar. Bach-Kishkun medyesining maʼmuriy markazi. Dunay va Tisa daryolari oraligʻida. Aholisi 105 ming kishi (1997). Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik (jumladan, q. x. mashinasozligi, radiotexnika, stanoksozlik), poyabzal, yogʻochsozlik, oziqovqat (vinochilik, meva va sabzavot konservalash, spirt-araq, un tortish) sanoati korxonalari mavjud; qurilish materiallari ishlab chiqari-ladi. Q. x. ilmiy tadqiqot in-ti bor. … Читать далее