KAXETI
KAXETI KAXETI, Kaxetiya — Sharqiy Gruziyadagi tarixiy viloyat. Iori va Alazani daryolarining yuqori oqimida joylashgan. 8-a. gacha Kartli podsholigi tarkibida, soʻng mustaqil knyazlik. 12-a. dan Gruziya podsholigiga qoʻshib olingan. 15-a. ning 2-yarmidan Kaxeti podsholigi. 1762-y. dan Kartli-Kaxeti podsholigi, 1801-y. dan esa Rossiya imperiyasi tarkibida. Ensiklopediya.uz KAXETI