KATALPA

Ensiklopediya 1

KATALPA KATALPA (Catalpa) — bignoniyadoshlar oilasiga mansub manzarali oʻsimliklar turkumi. Bargi oddiy, uzun, yirik. Guli oq, qoʻngʻiroqsimon, toʻpguli shingil yoki roʻvaksimon. Mevasi uzun (20—40 sm), koʻp urugʻli. 2 pallali, dukkaksimon. Urugʻi yassi, uchi kokilli. 14 turi bor. Urugʻi, qalamchasi va ildiz bachkisidan koʻpaytiriladi. Yogʻochi yengil, yumshoq, chirishga chidamli. Ensiklopediya.uz KATALPA