KARIYA
KARIYA KARIYA — Kichik Osiyoning Jan.Gʻarbi (hoz. Turkiya hududi)dagi qad. viloyat. Mil. av. 2-ming yillikda shu hududga kelib joylashgan kariylar qabilasining nomi bilan atalgan. Mil. av. 6 — 4-a. larda axomaniylar, 4-a. ning oxirida makedoniyalik Aleksandr, 3-a. dan salavkiylar qoʻl ostida. Mil. av. 129-y. da Rimning Osiyo provinsiyasi tarkibida. Ensiklopediya.uz KARIYA