KANGE
KANGE KANGE — Shim. Koreyadagi shahar, Tonnagan daryosi sohilida. Chagando provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 210 ming kishidan ziyod (1990-y. lar boshlari). Transport yoʻllari tuguni. Taxta tilish va yogʻochsozlik, mashinasozlik, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. K. yaqinida grafit, toshkoʻmir, mis va b. foydali qazilma konlari topilgan. GES qurilgan. Ensiklopediya.uz KANGE