KALTAKESAKCHALAR

Ensiklopediya 1

KALTAKESAKCHALAR KALTAKESAKCHALAR (Eremias) – kaltakesaklar urugʻi. 45 turi bor. Afrika, Osiyo va Yevropada tarqalgan. Oʻzbekistonda 9 tacha turi uchraydi. Asosan, tangachalari va boshidagi qalqonlarining tuzilishi, son teshikchalari boʻlishi bilan boshqa kaltakesaklar urugʻidan farklanadi. Kaltakesakchalar — kunduzgi hayvon. Choʻl, yarim choʻl va toshloq yerlarda, Nikolskiy kaltakesakchasi togʻlarning 1000—3000 m gacha baland joylarida, baʼzi turlari etaklarida yashaydi. … Читать далее