IRGʻAY
IRGʻAY IRGʻAY (Cotoneaster) — raʼnodoshlar oilasiga mansub butalar turkumi. Yevropa, Osiyo va Afrikada 100 dan or-tiq turi bor. Oʻzbekistonda 6 turi maʼlum. Gullari oq, mayda, 5—20 tadan shingilsimon toʻplangan. Mevasi ikki danakchali. Choʻl, adirlar va togʻlarda toshloq yon bagʻirlarida oʻsadi. Ayrim turlari (mas, S. melanocarpa) manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Ensiklopediya.uz IRGʻAY