IKROMIY

Ensiklopediya 1

IKROMIY IKROMIY Jalol (1909, Buxoro – 1993.11.4, Dushanba) — Tojikiston xalq yozuvchisi (1979), dramaturg. 20-y. larda Toshkent pedagogika intida taʼlim olgan. Yozuvchi sifatida shakllanishida Abdulla Qodiriyning taʼsiri kuchli boʻlgan. Ilk asari «Registonda tun» (1927) hikoyasidir. «Dushman» (1933) dramasi, «Muhabbat urugʻi» (1937) komediyasi, «Oʻq ilon» (1934), «Men gunohkorman» (1957) qissalarida tojik xalqining hayoti lavhalari, urf-odatlari ifodalangan. … Читать далее