FUTURIZM

Ensiklopediya 1

FUTURIZM FUTURIZM (lot. futurum — kelajak) — 20-a. boshlarida Yevropa adabiyoti va sanʼatida maydonga kelgan avangardizm oqimi. Futurizm gʻoyalari, ayniqsa, Italiya va Rossiyada adabiyot, teatr, musiqa va kino sanʼatlaridan tashqari, adabiyot shunoslik va sanʼatshunoslik fanlarida oʻz ifodasini topdi. Shuningdek, F. Yevropadagi qator adabiyot va sanʼat namoyandalarini ham taʼsir doirasiga tortdi. Ensiklopediya.uz FUTURIZM