Niyoz

ismlar

Niyoz 1) Allohdan so‘rab, iltijo qilib olingan bola; 2) muhtoj bo‘lib, armon va orzu bilan erishilgan bola; 3) Allohning marhamati, ehsoni tuhfasi. Shakllari: Niyoz, Niyozali, Abduniyoz, Allaniyoz, Avazniyoz, Bekniyoz, Berdiniyoz, Boboniyoz, Elniyoz, Eshniyoz, To‘xtaniyoz va yana yuzga yaqin shakli bor. Ismlar manosi fors-tojikcha

Gavhar

ismlar

Gavhar Dur, marvariddek bebaho qiz yoki asl, aslzoda. Shakllari: Gavhar, Gavhargul, Gavharoy, Gavharxon, Gavhara, Gavharzod, Gulgavhar, Gavharbonu, Gavharbibi, Gavhartosh, Gavharshod, Gavharoyim, Mohigavhar, Gavharnigor, Gavharposhsha Ismlar manosi fors-tojikcha

Dilmuhammad

ismlar

Dilmuhammad Dil — vijdonli, saxovatli qalb egasi yoki mard, jasur. Maqtovga, olqishlarga sazovor. Muhammad payg‘ambar (Muhammad ibn Abdulloh 570 yoki 571 Makka — 632, Madina)ning ismi. Muhammad sallolohu alayhi vasallam Allohning eng yaqin do‘sti, eng so‘nggi dunyoga kelgan, eng kamtarin payg‘ambar. Dil hamda Muhammad ismidan olingan. Ismlar manosi Arabcha, fors-tojikcha

Bayram

ismlar

Bayram Bayram, ayyom, shodiyona, (Hayit) kuni tug‘ilgan bola yoki hayoti shodlikka, umri tantanaga boy bo‘lsin. Shakllari: Bayram, Bayrambek, Bayramjon, Bayramxon.Bayramboy. Bayramali, Bayramsaid, Bayramzohid, Bayramniyoz, Bayramturdi, Bayrammurod, Bayramxo‘ja. Ismlar manosi fors-tojikcha, o’zbekcha