ESXIL

Ensiklopediya 1

ESXIL ESXIL (mil. av. 525, Afina yaqinidagi Elevsin shahri — 456, Sitsiliya) — yunon dramaturgi, «tragediyaning otasi». Uning 80 dramasidan «Eroniylar» (472), «Fivaga qarshi yettovlon» (467), «Oresteya» (458), «Iltijogoʻylar hamda «Zanjirband Prometey» bizgacha yetib kelgan. Boshqa tragediyalaridan faqat parchalar maʼlum. «Baliqchilar», «Elchilar yoki istmiyliklar» satirik dramalarining parchalari Misr papirus qogʻozlarida saqlangan. Ensiklopediya.uz ESXIL