ERGASTUL

Ensiklopediya 1

ERGASTUL ERGASTUL (lot.) — qadimiy Rimda qullarga moʻljallangan xususiy gurma. Quldorlar koʻpincha qishloq chorbogʻlaridagi (villalarida) yertoʻlalarda (baʼzan shahardagi uylarida) Ergastullar tashkil etishgan. Zanjirband etilgan qullar tepasiga nazoratchilar (ular ham qullar) qoʻyilgan. Baʼzan «Ergastul» soʻzi bilan qadimiy Rimdagi yermulklarda ishlovchi barcha qullar anglashilgan. Ensiklopediya.uz ERGASTUL