EDINBURG UNIVERSITETI

Ensiklopediya 1

EDINBURG UNIVERSITETI EDINBURG UNIVERSITETI — Shotlandiya (Buyuk Britaniya)dagi eng yirik oliy oʻquv yurti. 1583 yil Edinburg shahrida tashkil etilgan. Ilohiyot, HUQUQ, gumanitar fanlar, ijtimoiy fanlar, tibbiyot, veterinariya, musiqa boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1580-yil tashkil etilgan)da 1 mln. dan ortiq asar saqlanadi. 14 mingdan ziyod talaba taʼlim oladi. Ensiklopediya.uz EDINBURG UNIVERSITETI