Bolalarda spazmofiliya to’liq malumot oling
Bolalarda spazmofiliya to’liq malumot oling Patogenetik nuqtai nazardan spazmofiliya va raxit kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishining ikki bosqichi bo’lib, organizmda vitamin D yetishmasligi oqibatida rivojlanadi. Maslov fikriga ko’ra, XX asrning 60-yillarigacha, spazmofiliya 3,7% go’dak yoshidagi bolalarda aniqlangan.Oxirgi vaqtda raxit kasalligi ko’payganligi sababli bolalarda spazmofiliya ko’p uchramoqda. Talvasa va boshqa spastik kasalliklarni paydo bo’lishiga asab tizimi, asosan asab-mushak apparatining yuqori qo’zg’aluvchanligi bilan bog’liq.Spazmofiliya rivojlanishiga gipokalsiemiya, giperfosfatemiya va alkaloz natijasida yuzaga kelgan ion muvozanatning buzilishi sabab bo’ladi. Fosfor miqdorining ko’payishi va alkaloz oshishi gipokalsiemiyaga olib keladi. Qonda kalsiy miqdorining kamayishi, uning ionlarining kamayishi bolalarda talvasa rivojlanishiga sabab bo’ladi. Ishqorlarning hujayra ichiga ko’p kirishi ham talvasaga olib keladi (natriy gidrokarbonat, nitratlar). Spazmofiliya ultrabinafsha radiatsiyasi ta’siri bo’lgan qishning oxiri va bahorda paydo bo’ladi, shuningdek, raxitning rekonvalessensiyasi davrida, kalsiy-fosfor almashinuvining yaxshilanishi, qondan kalsiy mobilizasiyasining kuchayishi va uning suyaklarda to’planishi natijasida ro’y beradi. Bir vaqtda qalqonsimon bez oldi funksiyasi pasayadi.Spazmofiliyada talvasaga ko’p qayt qilish, kuchli yig’lash, qo’rquv sabab bo’ladi. Bu omillar kislota-asosli holatni alkaloz … Читать далее