Alisher Navoiy xamsa asari haqida haqida to’liq ma’lumot oling
Alisher Navoiy xamsa asari haqida haqida to’liq ma’lumot oling DO`STLARGA ULASHING: Mazkur kitobda Alisher Navoiy «Xamsa»sidagi barcha dos- tonlarning mazmuni bayon qilingan. Ularda shoir tomonidan tasvirlangan turli voqea-hodisalar aks ettirilgan, faqat kirish qismlari, me’yoridan cho’zilib ketgan manzaralar, monologlar biroz qisqartirilgan. Navoiy dostonlarining ushbu nasriy talqini alloma shoirimizning turkiy she’riyat gultoji hisoblanmish «Xamsa» dostonlarini anglab olishingizga yordam beradi, deb otylaymiz. UO‘K: 821.512.133 KBK: 84(50‘)1 Qisqartirib nashrga tayyorlovchi: Anvar HOJIAHMEDOV Mas’ul muharrir: Vahob RAHMONOV ISBN 978-9943-27-356-6 © Alisher Navoiy. «Xamsa». «Yangi asr avlodi», 2016-yil. BUYUK BADIIY OBIDAO’rta asrlar Sharq adabiyoti, xususan, forsiy va turkiy she’riyat rivojida xamsachilik an’anasi alohida ahamiyatga ega boldi. Bu an’ananing boshlanishiga buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning XII asrning ikkinchi yarmi va XIII asr boshida yaratgan «Maxzan ul-asror» (1174 — 1177), «Xisrav va Shirin» (1181), «Layli va Majnun» (1188), «Haft paykar» («Yetti go‘zal», 1197) hamda «Iskandamoma» (1199 — 1201) dostonlari asos bolib, ular keyinchalik ijodkor vafotidan so‘ng «Xamsa» (arabcha «beshlik» degani) yoki «Panj ganj» (forsiy tilda «Besh xazina» ma’nosida) nom- lari bilan yaxlit kitob holida juda keng tarqalgan, turli tillarga taijima qilinib, shuhrat topgan edi. Mazkur kitobdan o‘rin olgan alohida dostonlar bir necha shoirni shu mavzudagi yirik poetik asarlar yozishga ilhomlantirgandi. 1253-1325-yillarda yashab ijod qilgan Xisrav Dehlaviy o‘zining fors-tojik tilidagi «Matla ul-an- vor» («Nurlarning boshlanishi»), «Shirin va Xis rav», «Majnun va Layli», «Hasht bihisht» («Sakkiz jannat») va «Oyinayi Iskandariy» («Iskandar oy- nasi») nomli beshta dostonini yaratib, Nizomiy «Xamsa»siga tola javob yaratdi va bu an’ananing boshlovchisi bo lib maydonga chiqdi. … Читать далее