Tag Archives: Yillik ish rejalar

Tag Archives: Yillik ish rejalar

Ikkinchi kursdan talabalarga ishlash imkoniyati berilishi mumkin. Bu haqda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Qoraqalpog‘istonda talabalar bilan uchrashuv davomida ma’lum qildi.

Atrofimizdagi olam 2 sinf ish reja

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov qoraqalpog‘istonlik talabalar bilan uchrashuvda OTMlarda 2 kursdan boshlab ishlashga ruxsat beruvchi yangi tizim yaratilishini ma’lum qildi. «Ishlaganda ham o‘zining sohasida ishlasin. Men buni hurmat qilaman», — dedi u. Qolaversa, OTMlarda ta’lim jarayoni 70 foiz amaliyotga o‘tish kerakligi ta’kidlandi.

Кириллчада 24 fevral 2022, 11:32 Jamiyat

Ikkinchi kursdan talabalarga ishlash imkoniyati berilishi mumkin. Bu haqda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Qoraqalpog‘istonda talabalar bilan uchrashuv davomida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, talabalarga amaliyot muddatini ko‘paytirish kerak.

«Kerak bo‘lsa, butun o‘quv rejada qator OTMlarda 70% amaliyot qilish kerak. Pedagogika yo‘nalishda 4+2 yo‘nalishini joriy qilish — 4 kun institutda, 2 kun maktabda», — dedi vazir.

«Bilasizlarmi, biz bugungacha qanday byurokratiyalar qildik-da, sirtqi ta’limda o‘qiydigan talabani ishga olmadik. O‘zi sirtqi [ta’lim]dan maqsad nima? Ishlab, o‘qisin… Yo‘q, sen oldin bitirib, diplomingni ol, keyin ishga olamiz, dedik. O‘qib turgan talabani agar biror qarindosh urug‘ligi bo‘lmasa, katta kurs bo‘lmasa, uni ham [ishga] olmadik», — dedi Abduqodir Toshqulov.

Endilikda oliy ta’lim muassasalarida ishlash bilan bog‘liq yangi tizim yaratilishi, talabalarga 2 kursdan boshlab o‘z yo‘nalishida ishlashiga ruxsat berilishi ma’lum qilindi.

«Biz hozir shunday tizim qilmoqchimiz, menimcha pedagogika yo‘nalishlari bundan juda xursand bo‘ladi. Ikkinchi kursdan boshlab, bemalol maktablarga borib, oylik olib ishlash mumkin bo‘ladi. Pedagogika bo‘yicha prezidentimiz yig‘ilish qildi va shunda qat’iy ta’kidladi-ki, ikkinchi kursdan borib, ham o‘qisin, ham ishlasin», — deya ta’kidladi u.

Shuningdek, u bunda talabalarning asosan o‘z sohasi bo‘yicha ishlashini so‘ragan.

«Ishlaganda ham o‘zining sohasida ishlasin. Men buni hurmat qilaman. Men ham [talabalik vaqtimda] yakshanba kunlari mehmonxonalarga borib yuk tushirganman, yaxshi yashash uchun. O‘rtahol oilada katta bo‘lganman. Lekin, o‘zining yo‘nalishi bo‘yicha oz bo‘lsa ham pul topganlarga havasim keladi», — dedi vazir.

«Masalan arxitektura, qurilish texnologiyalaridagi [talaba]lar shunaqa o‘qishga borib, ozgina ishlab oylik olsa, kundan-kun o‘sib ketaveradi. Ofitsiant bo‘lib ishlagandan ko‘ra, turizmda, mehmonxona xo‘jaligida o‘qiyotganlar bo‘lsa, mayli bo‘lsin, lekin, yuridik va jurnalistikada o‘qiyotganlar, boshlang‘ich ta’lim [yo‘nalishida] o‘qiyotganlar sohasi bo‘yicha ketishi kerak», — dedi Abduqodir Toshqulov uchrashuvda.

«Газета.uz» 16 429

  • # abduqodir toshqulov
  • # qoraqalpog‘iston
  • # talaba

Tag Archives: Yillik ish rejalar

2020-2021 o’quv yiliga mo‘ljallangan taqvimiy-mavzu rejalar (5-11-sinf tarix, 1-11-sinf tarbiya, 10-11-sinf dunyo dinlari tarixi,8-11-sinf davlat va huquq asoslari fanidan taqvimiy-mavzu rejalari)

On 21.08.2020 By shuhrat In MAXSUS 0 fikr

2018-2019 o’quv yiliga mo‘ljallangan taqvimiy-mavzu rejalar (5-11-sinf tarix, 9-10-11-sinf dunyo dinlari tarixi, 8-9-10-11-sinf davlat va huquq asoslari fanidan taqvimiy-mavzu rejalari)

On 30.08.2018 By shuhrat In O’QITUVCHILARGA, Taqvim-mavzu rejalar 3 fikrlar

5-sinf tarixdan hikoyalar fani uchun yillik taqvim-mavzuiy ish rejasi Yuklab olish 5-sinf TARIX-YILLIK ISH REJA 2018-2019-o’zgartirilgani 6-sinf qadimgi dunyo tarixi fani uchun yillik taqvim-mavzuiy ish rejasi Yuklab olish 6-sinf TARIX-YILLIK ISH REJA 2018-2019-o’zgartirilgani 7-sinf O’zbekiston va jahon tarixi fani uchun yillik taqvim-mavzuiy ish rejasi Yuklab olish 7-sinf TARIX-YILLIK ISH REJA 2018-2019-o’zgartirilgani 8-sinf O’zbekiston va jahon tarixi fani uchun yillik taqvim-mavzuiy ish rejasi Yuklab olish …

2017-2018 o’quv yiliga mo‘ljallangan taqvimiy-mavzu rejalar (Tarix fanidan ham taqvimiy-mavzu rejalar qo’shildi)

On 25.08.2017 By shuhrat In O’QITUVCHILARGA, Taqvim-mavzu rejalar 1 fikr

Umumta’lim maktablarining 1-sinflari uchun 2017-2018 o’quv yiliga mo‘ljallangan taqvimiy-mavzu rejalar: (YIILIK ISH REJALAR) Alifbe Ingliz tili Matematika Musiqa madaniyati Nemis tili Ona tili O‘qish Tasviriy san’at Texnologiya Yozuv daftari Umumta’lim maktablarining 2-sinflari uchun 2017-2018 o‘quv yili uchun taqvimiy-mavzu rejalar: Atrofimizdagi olam Fransuz tili Ingliz tili Matematika Nemis tili Ona tili O‘qish Rus tili Umumta’lim maktablarining…

© 2016-2021 yil Sh.Nurg’oziyev ishlanmasi

Ushbu veb-sayt O`zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida”gi Qonuni bilan himoyalangan. Sayt materiallarini ko`chirib olib, ruxsatsiz chop etish qat`iyan ta`qiqlanadi. Veb-sayt mobil telefon, planshet, kompyuter va boshqa shunga o’xshash uskunalar orqali foydalanishga moslashtirilgan.

Saytimiz mehmonlari! Sizlardan iltimos saytimiz bo’yicha kamchiliklar bo’lsa, tanqidiy yondashgan holda o’z fikrlaringizni bildiring. Sizning sayt bo’yicha bildirgan tanqidiy fikrlaringiz saytimiz rivoji uchun xizmat qiladi. “Xalq ta’limi a’lochisi”, “Xalq ta’limi fidoyisi” Nurg’oziyev Shuhrat Xasanovich

Yangi fikrlar

  • Ta’lim metodlari haqida umumiy ma’lumot ” Fazilat “ga
  • 5-§. Buxoro xonligi (8-sinf O’zbekiston tarixidan online test savollari) ” Sabina “ga
  • 5-9- sinflar uchun tayyorlagan nazorat ishlari savollari hamda javoblari ” Дляра “ga

Murojaat qiling:

  • Jizzax v, Do’stlik tumani
  • Telefon: + 998 (94) 918 02 27
  • Email: Shuhratbek.uz@umail.uz

Qiziqarli malumotlar
Tag Archives: Yillik ish rejalar