TADBIRKORBANK

TADBIRKORBANK

«TADBIRKORBANK» — Oʻzbekistondagi yirik aksiyadorlik tijorat banki. 1993-y. 7 yanv. da «Oʻzdehqonsanoatbank» negizida tashkil etilgan. Boshqaruvi Toshkent sh. da. Bankning yirik taʼsischilari: «Biznesfond», «Madad» sugʻurta agentligi va b. Jismoniy va yuridik shaxslardan iborat aksiyadorlari 24 mingdan ortiq. «Tadbirkorbank» keng tarmokli universal banklardan biri boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda 13 ta filiali, respublika (Toshkent sh.) va viloyatlar markazlarida amaliyot boʻlimlari, 69 tuman boʻlimi, tuman boʻlimlari qoshida 42 minibank ishlaydi (2003).

Ensiklopediya.uz
TADBIRKORBANK