Tadbir senariylari

Tadbir senariylari

Keling shu qismni ko`rishdan oldin biz yoshlar shu ulug` insonni yod aylab bir necha soniya sukut saqlaylik.

Tadbir senariylari: Barcha bayramlar uchun sara senariylar to’plami

1 oktabr ustoz va murabbiylar kuniga bag`ishlangan bayram tadbirining ssenariysi.

Zal bayromona tarzda bezatilgan. Musiqa sadolari yangrab turibdi. Dastur boshlanishi e’lon qilindi. O`quvchi qizlarning raqsi asosida bayram dasturi ochib berildi. Sahnaga qator o`quvchilar chiqib keladilar.

(Boshlovchilar musiqa ostida sahnaga kirib keladilar)

Qalbimda ehtirom, bitayin daston,

Aziz ustoz sizsiz mehribon

Hayotim kitobin yoritib turar

So`zingiz shiordir bizga har qachon.

Zulmatni yoritgan chiroq o`zingiz

Ezgulikka chorlar ustoz so`zingiz

Jamiyatda munosib o`rin olgaydir

Siz tarbiya etgan o`g`il-qizingiz

Assalomu alaykum qalbi qaynoq, mehri ummon, shirin so`zlim sharafli, lekin mashaqqatli kasb egalari bo`lgan aziz ustozlar. Yuzu ko`zida yaxshilikning nurlari taralib turgan, ota-onamizdek qadrnon zotlar.

Assalomu alaykum ko`zlari mehrga, so`zlari bolga to`la, farzandlarining tashvishlarini unutibm bizlarning tavshishimizni qilgan, kelajagimizni o`ylagan fidoiy kasb egalari bo`lgan shirinso`z ustozlar.

Bugun aynan sizga va siz uchun bayram dasturini tayyorladik. Siz biz uchun har lahzada kuyib-pishasiz. Shu boisdan ham bayram dasturimizni farzandlaringiz nomidan deb bilgaysiz.

Ustozning ko`nglini aylagan obod,

Bir kuni bo`lg`usi o`zi ham ustod

Haqiqatdan ham ustozlarni qancha madh etsak shuncha kamdir. Mustaqillikka erishganimizdan so`ng bu sharafli kasb egalarining bayram kunlarini yurtimiz miqyosida tantanali qarshi olish odat tusiga aylandi. Shu boisdan ham biz bugungi bayram dasturimizni “Mehnati elda aziz ustozim” deb nomladik.

Mehnating el ichra bo`ldi qadrdon,

Ey aziz ustozim bo`lgin sog`-omon

Ustoz. Bu so`zning zamirida olam-olam ma’no bordir. Bu so`zning zamirida sharaf tursada, uning ortida mashaqqatli mehnat yotadi.

Bugun barcha madhlaru, barcha kalomlar faqat sizlar uchundir aziz ustozlar. Keling hozir shogirdlaringizni sizni madh etuvchi she’rlarini tinglasak. Marhamat tinglab baho bering.

Dunyoda muallim bo`lmasa agar

Hayot ham bo`lmasdi go`zal bu qadar

Kimki bu hayotdan olmasa ta’lim

Unga o`rgata olmas hech bir muallim

Insoniyat aqlini tanigan zamondanoq ta’lim-tarbiyaga muhtoj bo`lib kelgan. Insonning bu ehtiyojlarini esa siz kabi aziz ustozlar qondirib kelgan. Sizlarga har qancha ta’zim qilsak ham kamdir.

To`g`ri aytasan. Qadim-qadim zamonlardan buyon ustozlar el ichra sharafli kasb egalari bo`lib kelgan. Keling hozir ustozlar haqida hikmatli so`zlar eshitsak.

Hikmatli gaplar

Sizdan boshlanadi asli tafakkur,

Ey aziz ustozim sizga tashakkur

Sizdadir qanoat, sizdadir bardosh

Mehringizdan olar nurini quyosh

Siz yurgan yo`llar ham bo`lgaydir gulzor

Siz bizga hamisha bo`lib madadkor

Sizgadir ehtirom, sizgadir e’zoz

Nomingiz dillarda mehribon ustoz

Navbatni go`zal qizlarimiz ishtirokidagi raqsga bersak

Marhamat. Qizlarimizni davramizga taklif etamiz.

(Boshlovchilar musiqa ostida chiqib ketadilar)

Raqs. Nayladi.

Ba’zida dilingiz og`ritib qo`yib,

Uzrni aytmaymiz qadrdon ustoz

Shunda ham bizlarni kechirib ketib

Yuksaklikka bizni etasiz parvoz

Qalbingiz beg`ubor aziz ustozim

Avflar etasiz xatolar qilsak

Bir kulib, mayliga deya qo`yasiz

Agarki biz sizni ranjitib qoysak.

Navbatni ustozlarimizga atalgan sahna ko`rinishiga beramiz.

(Sahna ko`rinishi )

Madhingiz kuylasam yayraydi dilim

Nomingiz tushurmas hech also tilim

Sizdan o`rgandimku aziz ustozim

Ne ekan bu hayot, ne akan bilim

Partalar oralab o`tar umringiz

Daftarni qaralab o`tar umringiz

Aylanib ketganku mehr bog`iga

Ustozim ko`nglingiz, sizning ko`nglingiz

Yana navbatni ustozlarimizni madh etuvchi she’rlarga beramiz.

Ekranda ustoz haqida slayd ketadi.

Bugungi bayram dasturimizda xotiraga ham e’tibor qaratganmiz. Hozir shu xotiraning bir qismini ko`rsatib bermoqchimiz. Ilohim o`tgan ustozlarimizning ohiratlari obod, joylari jannatda bo`lsin

O`quvchilar tomonidan sahna ko`rinishli raqs ijro etiladi.

Kayfiyatlarimizni ko`tarib olish maqsadida navbatimizni sinfimizning yigitlariga beramiz

Marhamat yigitlar sizlarning ham hunarilani bir ko`raylik.

Yigitlarning chiqishi

Ustozlar el ichra topgaydir qadr

Doimo shogirdlar ehtiromida

Bayram tabrigini eting siz qabul

Go`zal qizlarimiz sho`x xiromida

Dilingiz aylasin bu qizlar xushnud

Unuting bir lahza tashvish- g`amlarni

Ilojin topsangiz siz ham qo`shilling

Yayrasin bu dillar, tashlab kamlarni

O`z elini ulug`lagan buyuk inson, ketdi yo Rab

To`y boshlagan diyorini etib hayron, ketdi yo Rab

Yutuqlardan quvonchini yuragiga sig`dorlmay

Yaratga aytmoq uchun ulug xoqon, ketdi yo Rab

Omon boring buzrukvorim, rizo bo`ling xalqingizdan

Sizga loyiq bo`lgan har bir mard o`g`lu- qizingizdan

Unutmaymiz sizni also ko`zdek asrab shu Vatanni

Ming rozimiz, ming rozimiz, ming rozimiz ota sizdan.

Aziz do`stlar barchamizga ma’lumki, boshimizga og`ir musibat tushdi. Mustqalligimiz asoschisi, bizning birinchi prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov bu yorug` olamni tark etdi. Lekin u bizga shunday jannatmakon yurtni barpo etib ketdilar.

Endi biz ularning ruhi shod bo`lishi uchun ilm sirlarini egallab, Vatanimizni yanada yuksaklarga ko`tarishimiz kerak. Hozir shu insonni yod etish maqsadida o`quvchilarimiz tomonidan yana bir xotira qismi tayyorlangan

Keling shu qismni ko`rishdan oldin biz yoshlar shu ulug` insonni yod aylab bir necha soniya sukut saqlaylik.

Ilohim yurtboshimizning ohiratlari obod, joylari jannatda bo`lsin.

Kichkina o`quvchilar she’r aytadi

Islom + Gulnoza she’r aytadi

O`zbekiston qo`shig`i yangraydi.

Aziz ustozlar va bayramimiz tamoshabinlari shuning bilan bugungi bayram dasturimiz o`z nihoyasiga yetdi. O`ylaymizki ozgina bo`lsa ham sizni shod eta oldik.

Bugun biz 9- B sinf o`g`il-qizlari siz uchun xizmatda bo`ldik. Tadbiriiz sizga ma’qul bo`ldi deb o`ylaymiz. Kelganingizdan boshimiz ko`kka yetdi.

Tadbir senariylari

Tadbir senariylari — Yurtimizdagi barcha bayram, tantana, ijodiy kecha va fan oyliklariga atalgan eng sara hamda ko’ngilochar tadbir senariylari to’plami.

Bo‘limlardan birini tanlang

Senariylar

Zahiriddin Mahammad Bobur tadbir senariylar, Boburning tavalludiga, hayoti va ijodiga bag’ishlangan tadbir senariylar to’plamini, slaydalar to’plamini yuklab oling. Yukalb olish tartibi kerakni mavzudagi tadbir ustiga.

14-yanvar vatan himoyachilari kuni senariylar to’plami

14-yanvar vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan senariylar to’plamini yuklab oling. Har yili ushbu kunni mamlakatimizda o’zgacha shukuh va zo’r ishtiyoq bilan nishonlanib kelinadi. Quyidagi senariylar ana.

Tarix va Huquq fanlaridan fan oyligini o’tkazish tartibi, tadbir senariysi, dasturi

Tarix va Huquq fanlaridan fan oyligini o’tkazish tartibi, tadbirlar senariysi, dasturi yuklab oling. Tarix fani fan oyligi hujjatlari Tarix fan oyligi hujjatlari TARIX VA HUQUQ FANLARI OYLIGI Saxna.

Alifbe va savodxonlik bayrami uchun senariylar to’plami

Alifbe va savodxonlik bayrami uchun eng sara senariylar to’plami yuklab oling. Mazkur senariylar 1-sinf ustozlari uchun alifbe bayramini tashkil etishda tayyor material bo’ladi. Kerakli senariyni.

Yangi yil bayrami uchun senariylar to’plami

Yangi yil bayrami va karnaval uchun bir necha senariylar to’plami, tadbir dasturlarini ssenariylarini yuklab oling. Bu yerdan yangi yil uchun she’rlar, sahna ko’rinishlari va qiziqarli.

8-dekabr konstitutsiya kuni haqida ssenariylar to’plami

8-dekabr konsitutsiya qabul qilingan kun, konsitutsiya kuniga bag’ishlangan eng yaxshi bayramlar, tadbirlar ssenariylarini yuklab oling. dekabr-konstitutsiya-tadbiriga-senariy konstitutsiya-2 8-dekabr-konstitutsiya-kuniga-bagishlab-tadbirlar bilimlar-uz_8_dekabr_konstitutsiya_kuniga_bagishlab hayotimiz-qomusi konstitutsiya-bayrami-ssenariysi-2 8-dekabr-konstitutsiya-kuniga-bayram-senariy 8_dekabr_konstitutsiya_kuniga_bagish 8-dekabt-senariy 8-dekabr-ssenariy-konstitutsiya 8-dekabr-ozbekiston-respublikasining-konstitutsiyasi _konstitutsiya-tadbir-ssenariysi Tavsiya etamiz: konstitutsiya bayrami uchun eng sara she’rlar to’plami, ushbu sahifaga.

21-oktabr til bayrami uchun senariylar, sherlar, maqollar

21-oktabr O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bu kunni ko’tarinki ruhda katta bayram sifatida nishonlanadi. Til bayrami uchun senariylar to’plamini yuklab oling. Mazkur senariylarda.

Xotira muqaddas tadbir ishlanmasi

9-may xotira va qadrlash kuniga bag’ishlangan “Xotira muqaddas” mavzusida tadbir ishlanmasi yuklab oling. “Xotira muqaddas tadbir ishlanmasi” 1-boshlovchi: Assalomu alaykum ey vatandoshlar Muborak kunlarda ko’rishdik diydor Mag’rur va masrur bo’lsin.

25-May So’nggi qo’ng’iroq bayram ssenariylar

25-may kuni o’tkaziladigan “So’ngi qo’ng’iroq“ tadbiri ssenariylar yuklab oling. So’ngi qo’ng’iroq“ tadbiri ssenariylarni yuklab olish uchun quyidagi havolalarni bosing. 25-may kuni o’tkaziladigan “So’ngi qo’ng’iroq“.

“9-May Xotira va qadrlash” kuni tadbir senariysi.

Kuniga bag`ishlab o’tkazilgan “Xotira-muqaddas, Xotira-sharaf” nomli tadbir senariysi. “9-May Xotira va qadrlash” kuni tadbir senariysi to’plami yuklab oling. “9-May Xotira va qadrlash” kuni tadbir senariysi. doc faylini yuklab.

Qiziqarli malumotlar
Tadbir senariylari