TABUN haqida to’liq ma’lumot oling
TABUN (nem. Tabun) (CH3)2N (C2H5O)P(O)CN — sianofosfat kislota dimetilamidining etil efiri. Mol. m. 162,13. Rangsiz suyuqlik; suyuklanish trasi —50°, qaynash trasi 230° ga yaqin (parchalanadi), uchuvchan, zichligi 1087 kg/ m3 (20° da). Suvda oz, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Fosfor oksixlorid ROS13 ga dimetilamin gidroxlorid, etil spirti va kaliy sianid taʼsir ettirib olinadi. Tabun nervni falajlaydigan zaharlovchi modda. Havodagi mikdori 0,3 mg/l boʻlganda 1 min. da, 0,01 mg/l boʻlganda 2 min. da, konsentratsiyasi 50 — 70 mg/kg li suyuq tomchi holdagisi teriga tekkanda kuchli zaharlanish roʻy beradi va oʻlimga olib keladi. Tabundan saklanishda protivogaz va himoya kiyimi kiyish zarur.
Malumotlar
TABUN