TABU

TABU

TABU (polinezcha — taqikdash) — 1) ibtidoiy jamiyat bosqichidagi xalqlarda tarqalgan taqiqlash tizimi. Tabuning eng mukammal koʻrinishi Polineziyaaa saqlangan. Bu soʻz aslida Polineziyada paydo boʻlib, dastlab mashhur ingliz dengiz sayyohi J. Kuk (182879) tomonidan Yevropaga maʼlum qilingan va bayon etib berilgan. Polineziya xalqlari diniy eʼtiqodlariga koʻra, har bir inson tugʻilishi bilan qudratli gʻayri tabiiy kuch — «mana»ga ega boʻladi. «Mana» juda xavfli boʻlib, birovga tegsa oʻlim keltirishi mumkin. U tabaqalarga qarab har xil kuchga ega, qullarda «mana» boʻlmagan, ammo aksincha, buyuk sardorlar qudratli «mana» egasi hisoblangan. «Mana» tushunchasi «Tabu» soʻzi bilan bevosita bogʻliq. Nimaiki «mana» egasi boʻlsa, oʻsha narsa xavfli, yaʼni unga tegish man qilingan — T. qoʻyilgan. Polineziya xalklarida juda keng Tapkalgan Tabu tizimini kim buzsa, rioya qilmasa kabila boshlikdari, zodagonlar tomonidan qattiq jazolangan. Shuningdek, oʻsha davr tasavvurlariga koʻra, Tabuni buzgan odamning gʻayri tabiiy kuchlar, ruhlar, xudolar kasallik yoki oʻlim bilan jazolaydi, deb tushunilgan. Orolliklarda xudo va ruhga, kohin va kabila boshliqlariga aloqador boʻlgan gʻamma narsa Tlashtirilgan. Tabu tizimi jamiyatda tabakalanishni ifodalagan. Tabu obyektlari — buyumlar, soʻzlar, hayvonlar va b. bulishi mumkin. Aksariyat Tabular moddiy buyumlarga taallukdi buladi. Tabu insoniyat jamiyati shakllanayotgan davrda individ xattiharakatini jamoa manfaatlariga buysundirish extiyoji bilan bogʻliq ravishda kelib chiqqan bulishi mumkin. Tabu urugchilik jamiyatida inson hayotining muxim tomonlarini, avvalo ekzogamiya nikohi meʼyorlariga rioya qilinishi (mas., urugʻ ichida jinsiy aloqalarning taqiqlanishi)ni tartibga solgan. Jamiyat taraqqiy etgan sari T. ning bir qismi odat huquqiy meʼyoriga aylangan, koʻpchiligi esa dinga taqiq sifatida kiritilib, uni buzish gunoh hisoblangan. Hoz. davrda ham Tabuning baʼzi kurinishlarini uchratish mumkin.

Ensiklopediya.uz
TABU