Tabiiy usullar bilan jinsiy quvvatni oshirish yo’llari to’liq malumot oling

Tabiiy usullar bilan jinsiy quvvatni oshirish yo’llari to’liq malumot oling

Tabiiy usullar bilan jinsiy quvvatni oshirish yo’llari

1. Ovqatlanish butun organizmning faoliyatida asosiy rol o’ynaydi. Oziq-ovqat tarkibida organizm uchun barcha muhim ozuqalar, ayniqsa, jinsiy quvvatni oshiruvchi vitaminlar va minerallar saqlashi kerak, ularning asosiylari rux, selen, B guruhi, E va C vitaminlaridir. Har kuni siz bu moddalarni sutkalik ehtiyoj miqdorida iste’mol qilishingiz kerak.

2. Jinsiy quvvatni oshirish uchun mashqlar kichik tos a’zolarida qon aylanishini kuchaytirish va potentsiya mushaklarini (qov-dum mushaklari) chiniqtirishga qaratilgan bo’ladi. Ushbu mashg’ulotlar sizdan ko’p vaqt talab qilmaydi va birinchi haftadan keyinoq sezilarli natijalarga erishasiz.

3. Jinsiy funktsiya va jinsiy xohish erkak jinsiy gormoni — testosteron darajasi bilan bevosita bog’liq. Erkak organizmida testosteronning pasayishi potentsiya va jinsiy imkoniyatlarning zaiflashuviga sabab bo’ladi. Bu, ayniqsa, o’rta va katta yoshdagi erkaklarga tegishlidir, chunki 25 yoshdan keyin testosteron darajasi yiliga taxminan 1-1,5% ga asta-sekin kamaya boshlaydi.

4. Erkaklarda ortiqcha vazn potentsiyaning eng yomon dushmanidir. Gap shundaki, semizlik nafaqat testosteron darajasini pasaytiradi, balki ayol jinsiy gormoni — estrogen darajasini oshiradi, bu esa nafaqat erektil disfunktsiyaga olib keladi, balki erkaklarning umumiy salomatligini yomonlashtiradi. Bundan tashqari, ortiqcha og’irlik yurak-tomir kasalliklari va qandli diabet rivojlanishiga yordam berishi mumkin, ular esa jinsiy quvvatni pasayishi va salomatlikning yomonlashuviga sabab bo’ladi.

5. Spirtli ichimliklar, sigareta chekish va giyohvand moddalarni iste’mol qilishdan bosh torting. Zararli odatlar erkaklarning eng yomon dushmani ekanligi allaqachon shifokorlar tomonidan tasdiqlangan. Faqat zararli odatlardan xalos bo’lishning o’zigina erkaklarning jinsiy quvvatini sezilarli darajada yaxshilaydi.

6. O’troq hayot tarzi jinsiy quvvatni kamaytirishga qodir. Qayd etilishicha, o’troq kasb egalarining erlik quvvati jismoniy faoliyat bilan shug’ullanadigan kasb egalariga nisbatan zaifroq bo’ladi. Shuning uchun uy sharoitida jinsiy quvvatni kuchaytirishning yana bir samarali usuli — bu jismoniy faollik va faol sport bilan shug’ullanishdir.

Biroq, agar kasbingiz sizni kun davomida o’tirgan joyga ishlashga majbur qilsa, qov-dum mushaklarini chiniqtirishga qaratilgan kegel mashqlari vaziyatni to’g’rilashga yordam beradi. Ushbu mashqlarning afzalligi, ularni bajarish uchun ish joyingizdan turishingiz shart emas.

7. Ko’pincha erektil disfunktsiya bilan bog’liq muammolar psixologik siqilishlar natijasida paydo bo’ladi. Bular noto’g’ri jinsiy aloqa natijalari, jinsiy qobiliyatga ishonchsizlik va hokazolar bo’lishi mumkin. Har holda, jinsiy komplekslardan mustaqil qutula olmasangiz, unda shifokorlar yordami bilan qutulishingiz kerak — seksopatolog yoki psixoterapevt.

8. Stress, uzoq muddatli depressiyalar va siqilishlardan qoching. Organizm biron bir tashvish yoki siqilishga duch kelganida, jinsiy funktsiya zaiflashadi. Bu urug’lantirishning qadimiy mexanizmiga bog’liq bo’lib, uning mohiyati shundaki, keyingi avlod eng qulay sharoitda tug’ilishi kerak.

9. To’yib uxlang. Kuniga kamida 8 soat ajrating. Uyqu optimal sharoitlarda, sukunat va zulmatda o’tishi kerak.

Jinsiy quvvatni oshirish masalasiga kompleks yondashish kerak, shunda muolajalar samaradorligi ancha yuqori bo’ladi.

@andrology_uz 🚑

www.andrology.uz 🌎

Davlatlar
Tabiiy usullar bilan jinsiy quvvatni oshirish yo’llari