Tabiat haqida topishmoqlar (oy, quyosh, yer, yulduz, suv, xavo, qor, shamol, soya)

Tabiat haqida topishmoqlar (oy, quyosh, yer, yulduz, suv, xavo, qor, shamol, soya)
tabiat haqida topishmoqlar oy quyosh yer yulduz suv xavo qor shamol soya 65ca8d2917aab

depositphotos 29971155 stock photo the happy and colorful illustration 1200x684 1

Tabiat haqida topishmoqlar (oy, quyosh, yer, yulduz, suv, xavo, qor, shamol, soya)

DO`STLARGA ULASHING:

Tabiat haqida topishmoqlar (oy, quyosh, yer, yulduz, suv, xavo, qor, shamol, soya)

Oltin kelganda, kumush ketar,
Kumush kelganda, oltin ketar.
(Quyosh, Oy)

Bir parcha patir,
Olamga tatir.
(Oy)

Onasi bitta.
Bolasi mingta.
(Oy va yulduzlar)

Zar gilam, zar-zar gilam,
Ko‘taray desam, og‘ir gilam.
(Yer)

Ketaveradi, ketaveradi,
Orqasiga qaramaydi.
(Suv, ariq)

Ko‘zga ko‘rinmas,
Qo‘lga tutilmas.
(Havo)

Oppoqqina dasturxon,
Yer yuzini qoplagan.
(Qor)

Oq tovuq,
Katagi sovuq.
(Qor)

Oqqina tovuq xirmon sochar.
(Qor)

Oq sigir turib ketdi,
Qora sigir yotib qoldi.
(Qor, yer)

Qo‘lsiz, oyoqsiz eshik ochar.
(Shamol)

Chopsa, chopilmas,
Kessa, kesilmas.
(Soya)

qor, quyosh, shamol, soya), Suv, Tabiat haqida topishmoqlar (oy, xavo, yer, yulduz