TABARIY
TABARIY, Abu Jaʼfar Muhammad ibn Jarir at-Tabariy [839, Tabariston (Eron)ning Amul sh. — 923.16.2, Bagʻdod] — tarixchi, faqih va filolog. Mahalliy zodagon oilasida tugʻilgan. Amul sh. da dastlabki taʼlimni olgan. Rayda mashhur muhaddis va faqihlar qoʻlida uz bilimini oshirgan. Soʻngra Bagʻdod, Basra, Kufaga borib, zamonasining mashhur ulamolariga shogird tushgan. 867-y. Misrga borganida yetuk olim sifatida eʼtirof etilgan. U Bagʻdodga qaytgach, «alJaririyya» deb atalgan oʻzining fiqh (huquq) maktabiga asos solgan. Uning tarafdorlari Ibn Xanbal qarashlarini tanqid qilishgan. Ahmad bin Komil Abu Bakr, Abdulaziz bin Muhammad atTabariy, Abdulloh bin Ahmad al-Fargʻoniy uning yetuk shogirdlari edi.
Ensiklopediya.uz
TABARIY