TAʼMINLAGICH

TAʼMINLAGICH

TAʼMINLAGICH — sochiluvchan va donali yuklarni bunker, yuklash novlari va b. dan yaqinroq joyga tashish yoki qayta ishlash mashinalariga bir tekisda uzatish uchun moʻljallangan qurilma. Ikki guruhga boʻlinadi. Birinchi guruhga lentali, vintli (shnekli), tebranma, titrama va b. xillari kiradi. Bular uzunligi va harakatlantirish dvigatelining quvvati bilan konveyerdan farq qiladi. Ikkinchi guruhdagilarga konveyerlarning prototiplari boʻlgan barabanli, diskli, zanjirli va pnevmatikvintli xillari kiradi. Barabanli Taʼminlagich sochiluvchan, donali, mayda va yirik boʻlakli yuklarni uzatishda ishlatiladi. Diskli (tarelkali) Taʼminlagichdan sochiluvchan yuklarni uzatishda foydalaniladi; bunda yuk vertikal oʻkda aylanuvchi diskka tushib, undan yuk qoʻzgʻalmas qilib mahkamlangan kurakcha bilan tushiriladi. Diskning aylanish tezligi yuk markazdan qochma kuch taʼsirida sirgʻalib tushib ketmaydigan qilib tanlanadi. Zanjirli Taʼminlagich yirik boʻlakli yuklarni uzatishda ishlatiladi; bunda bunkerning chikarish teshigini qoplovchi zanjirli parda bor. Harakatlantiruvchi baraban aylanganda zanjirlar yukning katlamini novga siqadi. Bu bilan yuklarning sirpanish tezligini rostlaydi. Pnevmatik vintli Taʼminlagich sochiluvchanchangsimon materiallarni uzatish uchun ishlatiladi; materialni chiqish oldida tutib qolib, havo oqimi taʼsirida yuklashi bilan vintli Taʼminlagichdan farq qiladi.

Ensiklopediya.uz
TAʼMINLAGICH