TAʼLIMNING MILLIY MODELI
TAʼLIMNING MILLIY MODELI — Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim tizimini yangilangan sogʻlom pedagogik tafakkur asosida tubdan isloh qilish, taʼlimtarbiya muassasalarida tayyorlanadigan kadrlarni intellektual, maʼnaviy va axloqiy saviyasiga koʻra rivojlangan mamlakatlardagi darajaga yetkazish boʻyicha belgilangan nazariymetodologik, amaliypedagogik yondashuvlar majmui. Taʼlimning milliy modelida maʼnaviyintellektual jihatdan barkamol shaxsning oʻz ijodiy qobiliyatini toʻla namoyon etishini taʼminlash koʻzda tutiladi.
Ensiklopediya.uz
TAʼLIMNING MILLIY MODELI