SYULLIPRYUDOM

SYULLIPRYUDOM

SYULLIPRYUDOM (SullyPrudhomme) (taxallusi; asl ismsharifi Rene Fransua Arman Pryudon) (1839.16.3, Parij — 1907.7.9, ShatneMalabri, OdeSen departamenti) — fransuz shoiri. Fransiya akademiyasi aʼzosi (1881). Parij un-tini tugatgan. Ilk kitobi — «Bekat va sheʼriyat» (1865). «Harbiy taassurotlar» (1870) kitobi FransiyaPrussiya urushi voqealariga bagʻishlangan. «Behuda muloyimlik» (1875) sheʼriy toʻplami gʻamgin ruxda boʻlib, ichki intim tuygʻular bilan yoʻgʻrilgan. «Adolat» (1878) falsafiy dostonida adolatni tashqi dunyodan emas, odamning koʻnglidan qidirish kerak, degan fikrni ilgari surgan. «Baxt» (1888) dostoni inson baxti, ilm, saxovat va fidoyilik haqida. Syullipryudomning Lukretsiydan qilingan tarjimaga «Soʻzboshi»si (1869), «Erkin tanlov psixologiyasi» (1906) va b. risolalari, «Paskalning haqiqiy dini» ocherki (1905), jamiyatshunoslik va sanʼatshunoslikka oid bir kancha ishlari, jumladan, «Poetik vasiyatnoma» (1901) pozitivizm falsafasi ruhida yozilgan. Nobel mukofoti laureati (1901).

Ensiklopediya.uz
SYULLIPRYUDOM