SYANGAN

SYANGAN

SYANGAN, Gonkong — Xitoy tarkibidagi maxsus maʼmuriy rayon. Mamlakatning jan. sharqiy qismida, Jan. Xitoy dengizi sohilida. Syangan o., Szyulun ya. o., shuningdek, yakin atrofidagi 235 ta orolni oʻz ichiga oladi. Mayd. 2905 km2, shundan qurukdik qismi 1095 km2, qolgan qismi dengiz akvatoriyasi. Maʼmuriy markazi — Syangan sh. Aholisi 6,68 mln. kishi (1998). Asosan, xitoylar (98%), shuningdek, tibetmyanmalar, hind, inglizlar va portugallar ham yashaydi. Aholi buddizm, daosizm, konfutsiylik, islom, hinduizm, xristian dinlariga eʼtiqod qiladi. Rasmiy tili — xitoy va ingliz tili.

Ensiklopediya.uz
SYANGAN