SYANBI

SYANBI

SYANBI, shibay, sabi — qad. Xitoyning shim. da yashagan qabilalar ittifoqi. Xitoy manbalariga koʻra, Syanbilar mil. av. 8—5-a. larda shanrung (togʻlik odamlar) yoki bayyi (oq ajnabiylar) deb nomlangan turkiylar tarkibidagi bir qavmdir. «Syanbi» atamasi Xitoyning shim. sharqidagi togʻ nomidan olingan. Mil. av. 3-a. da hunlar oʻzlarining sharqidagi qabilalarni tobe etishga harakat qilganda, ayrim qavmlar Syanbi togʻiga qochib borgan, ularham «Syanbi» debatalgan. Mil. av. 140 — 86 y. larda Syanbilar jan. gʻarb tomonga koʻchgan va hunlarga el boʻlgan. Hunlar gʻarbga koʻchgach, Syanbilar ular hududini egallagan. Shundan soʻng Syanbilar kuchayib qabilalar ittifoqiga aylangan. Mil. 2-a. da xitoylar bilan uzoq vaqt kurash olib borganlar. 3-a. ning 1-yarmida Syanbi larning murun qabilasi hoz. XXRning Koʻkkoʻl (Sinxay) oʻlkasiga koʻchib, u yerdagi chyanlarni tobe etib, Tuyuyxun davlatini tashkil qilgan. Syanbi larning tuba syanbi (toba syanbi) deb atalgan qismi Moʻgʻulistonda qolib, soʻnggi Yan (Xouyan), Gʻarbiy Yan (Siyan), Jan. (YanNanyan) kabi xonliklarni barpo etgan. 386-y. toʻba syanbilar Toʻbagoʻy boshchiligida Shim. Vey xonligi (386—534) tashkil etishgan. Ushbu xonlik yemirilgach, Syanbi larda yana boʻlinish yuz bergan. Ularning sifu nomli bir qismi Gʻarbiy Chin (Sitsin), tufa nomli boshqa bir kismi Jan. Lyang (Nanlyang) hokimligini tuzgan. 8—9-a. larda Syanbilar boshqa xalqlarga qoʻshilib ketib, alohida etnos sifatida tilga olinmagan.

Ensiklopediya.uz
SYANBI