SVIRIDOV Georgiy Vasilyevich

SVIRIDOV Georgiy Vasilyevich

SVIRIDOV Georgiy Vasilyevich [1915.3(16)12, hoz. Kursk viloyati Fatej sh. — 1998, Moskva] — rus kompozitori va jamoat arbobi. Xalq artisti (1970). Mehnat Qahramoni (1975). 20-a. musiqa sanʼatining yirik namoyandasi. Leningrad konservatoriyasini tugatgan (1941). Rossiya kompozitorlar uyushmasi boshkaruvi raisi (1968—73). Ijodiy uslubi rus musika folklori, shuningdek, 20-a. musiqa anʼanalari bilan uzviy bogʻlangan; asarlari mazmundorligi, ravshan va sodda ifodasi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, vokal va vokalsimfonik janrlarga keng murojaat qilgan: «Yesenin xotirasiga» vokalsimfonik poemasi, «Patetik oratoriya», «Kursk qoʻshiqpari», «Bahor kantatasi», «Pushkin gulgchambari», romans turkumlari va b. Simfonik, kamercholgʻu asarlar, spektakl va kinofilmlar uchun musiqalar yozgan. Davlat mukofoti (1946, 1968, 1980), Rossiya davlat mukofoti laureati (1994).

Ensiklopediya.uz
SVIRIDOV Georgiy Vasilyevich