SUYUQ KRISTALLAR

SUYUQ KRISTALLAR

SUYUQ KRISTALLAR, suyuq kristall holat, mezomorf holat — moddalarning suyuqlik (oquvchanlik) xossalari hamda qattiq kristallarning baʼzi xossalari (anizotropiya) ga ega boʻlgan oraliq holati. Suyuq kristallar hosil qilgan moddalarning molekulalari tayoqcha yoki choʻziq plastinkasimon shaklda boʻladi. Termotrop va liotrop xillarga boʻlinadi. Termotrop Suyuq kristallar — maʼlum tra oraligʻida mezomorf holatda, undan past trada qattiq kristall, yuqori trada esa oddiy suyuklik holatida boʻladi. Mac, iazoksianizol 118,27° da anizotrop boʻlib, suyuq kristallar hosil qiladi. 135,85° da esa u izotroplikni namoyon qilib, oddiy suyuqlikka aylanadi. Baʼzi moddalarning maxsus erituvchilardagi eritmasi liotrop Suyuq kristallar deyiladi.

Ensiklopediya.uz
SUYUQ KRISTALLAR