SUYUNCHI-2
SUYUNCHI-2 — oʻrtapishar qovun navi. Oʻzbekiston sabzavot, pol iz ekinlari va kartoshkachilik in-tida Shakarpalak 2580 navini Hindistondan keltirilgan yarim yovvoyi Kutana navi bilan chatishtirish va takroriy chatishtirish (bekkross) usulida chikarilgan (A. S. Shchukina, R. A. Hakimov, S. T. Pessova, Suyunchi-2 Xalilov; 1995). Asosiy poya uz. 1,5—2,5 m, bir tupda 250—300 ta otalik, 35—45 ta onalik gullari rivojlanadi, 1—3 ta qovun beradi. Qovuni choʻzinchoqtuxumsimon, ogʻirligi 2,0—2,5 kg. Sirti toʻrli, pusti oqishlimonrang, qoʻshaloq jimjima yoʻl bilan qoplangan, eti qizil, karsildoq, sersuv, shirin, tarkibida 10,6—11,8% gacha kand bor. Urugʻi yirik, och sariq. Urugʻi unib chiqqanidan keyin 83—87 kunda pishadi. Hosildorligi 200—250 s/ga. Oqpalak va fuzarioz kasalligiga chidamli. Uzoq masofalarga tashishga yarokli. 2002-y. dan Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Toshkent, Fargʻona viloyatlarida r-nlashtirilgan.
Ensiklopediya.uz
SUYUNCHI-2