SUYAK SINISHI

SUYAK SINISHI

SUYAK SINISHI — shikastlanish oqibatida suyak butunligining buzilishi. Suyak sinishi travmatik va patologik turlarga boʻlinadi. Travmatik Suyak sinishi sogʻlom suyakka toʻsatdan kuchli mexanik kuch taʼsir etishi natijasida roʻy beradi. Patologik Suyak sinishi esa biror kasallik (mas, suyak sili, suyak oʻsmasi, osteomiyelit, osteoporoz va h. k.) oqibatida moʻrt boʻlib qolgan suyakka kucheiz tashqi taʼsir tufayli yuz beradi. Suyak sinishi yopiq yoki ochiq boʻladi. Yo p i q sinishda singan joy sohasidagi teri zararlanmaydi, och i q sinishda esa teri yirtilib, suyak boʻlaklari teridan tashqariga chiqib qoladi. Ochiq Suyak sinishi yopigʻiga nisbatan xavfliroq xisoblanadi, chunki teridagi yirtilgan yara orqali infeksiya singan sohaga kirib qolishi va yiringlashga sabab boʻlishi mumkin. Ochiq Suyak sinishi s, asosan, harbiy qurollar taʼsiri va yoʻltransport halokati tufayli sodir boʻladi.

Ensiklopediya.uz
SUYAK SINISHI