SUVDA VA QURUQLIQDA YASHOVCHILAR

SUVDA VA QURUQLIQDA YASHOVCHILAR

SUVDA VA QURUQLIQDA YASHOVCHILAR (Amphibia) — suvdan quruqlikda yashashga oʻtgan dastlabki umurtqali hayvonlar sinfi. Quruqlikda yashashga oʻtish bilan S va q. ya. ning tuzilishi balikdarga nisbatan takomillashgan, xususan, skeletning tayanch vazifasini bajarishga oʻshii bilan uzun naysimon suyaklar paydo boʻlishi oyoqlarning vujudga kelishiga sabab boʻlgan. Quruqpikda yashash atmosfera havosi bilan nafas olishga imkon beruvchi organ — oʻpkaning rivojlanishiga, qon aylanishi, nerv sistemasi va sezgi organlarining takomillashuviga olib kelgan. Shuning bilan birga Suvda va quruqliqda yashovchilar va q. ya. skeletida togʻayning koʻp boʻlishi, nafas olish, qon aylanishi, ayirish, nerv sistemasi va b. organlarning sodda tuzilganligi, lichinkasining yon chiziqlari, dumi, yuragining 2 kameradan, qon aylanish sistemasining bir doiradan iboratligi ularni quruqlikda yashovchi eng sodda tuzilgan umurtqali hayvonlar ekanligini koʻrsatadi. Koʻpchilik Suvda va quruqliqda yashovchilar va Q. Ya. ning hayoti voyaga yetgan davrida xam suv bilan bevosita bogʻliq.

Ensiklopediya.uz
SUVDA VA QURUQLIQDA YASHOVCHILAR