Suvchechak kasalligi

Suvchechak kasalligi

Suvchechak kasalligi

DO`STLARGA ULASHING:

Suvchechak – virusli kasallik

Suvchechak kasalligi shu nomli virus qo’zg’atadigan o’tkir intfeksiyon xastalikdir. U ikki yoshdan yetti yoshgacha bo’lgan barcha bolalarda, ayrim holatlarda kattalarda uchrashi mumkin. Suvchechakning yashirin davri 14-21 kunni tashkil etib, toshma chiqishidan ikki-uch kun oldin ham boshqalarga yuqish ehtimoli bor.

suvchechak

Aksirganda, yo’talganda havo tomchisi yoki bemorning so’lak bezlari orqali sog’lom odamlarga yuqadi.  Shunisi qiziqki, virus o’z ta’sirini eng so’ngi toshma hosil bo’lguncha ham yo’qotmaydi. Kasallik asosan kuz – qish mavsumida paydo bo’ladi. Sababi, odamlarda ayni shu davrda immunitet pasayishi kuzatiladi.

Suvchechak asosan jiddiy bezovtaliklarsiz, oddiy toshmadek boshlanadi. Shuning uchun ko’pchilik uni allergiya bilan adashtiradi. Bilib – bilmay toshmaga ishlov berish esa uni ko’payishiga sababchi bo’ladi. Bola badani, og’iz, ko’z qovoqlarining shilliq pardasi, shuningdek, bosh qismida suvli pufakchalar paydo bo’ladi. Ko’pincha, yosh bolalar tomonidan pufakchalar usti tirnalib, yorilgach, undan shaffof suyuqlik chiqib u tananing boshqa qismlariga ham tarqaydi hamda toshma o’rnida chandiq hosil bo’lishi mumkin.

Tana haroratining 38-39 C darajaga ko’tarilishi, et uvishishi, bosh va mushaklarda og’riq, ishtahasizlik va umumiy holsizlik ham xastalik alomatlaridan sanaladi.

Suvchechak toshmasi ko’pi bilan 3-5 kun toshadi. Bu vaqtda uning tashqi a’zolarda, balki ichki a’zolar  shilliq qavatida ham toshishi kuzatiladi. Bemorda tana harorati goh ko’tarilsa, goh me’yorlashadi. Xastalik vaqtida toshmalarga suv teqqazish (cho’milish) mumkin emas. Yuz-qo’lni yuvish uchun esa dokani namlab ishlatgan ma’qul. Suvchechakka chalingan bemorni jamoat joylariga chiqishi tavsiya etilmaydi.

Suvchechakni davolash…

Suvchechakni yengil kechayotgan bo’lsa, bemorni uy sharoitida, dermatolog shifokor ko’rigi ostida, davolash mumkin.Mutaxassis tavsiyasi bilan toshma ustiga briliyant yashili (zelyonka) va virusga qarshi maz bilan ishlov beriladi. Davolanishning eng asosiy sharti, bemor kiyimlari har kuni yangilanib turishi kerak. Ko’proq suyuqlikichish tavsiya etiladi, masalan, ko’k choy, na’matak damlamasi.Suvchechak asosan immuniteti past bolalarga yuqadi. Muolaja davrida bemor parhez qilishi, sut – qatiq, meva va sabzavotlar, sho’rva iste’mol qilishi zarur.

Diqqat! Suvchechakka chalingan bemorda kasallik virusiga nisbatan turg’un immunitet hosil bo’ladi. Shu sabab, keyinchalik kasallik qaytalanmasligi ehtimoli yuqori!
  • Suvchechak virusini 1911-yilda Aragao kashf etgan.
  • Virus faqatgina odam va maymunda kasallik qo’zg’atishi mumkin.
  • Kasallikning beshinch kunidan toshmalar toshishi to’xtaydi.
  • Suvchechak kattalarda og’ir kechadi.
  • Infeksiya 20% holatda chaqaloqlarning o’limi bilan yakunlanishi mumkin!
  • Ayollarga homiladorlikning birinchi 3 oyligida infeksiya yuqsa, bola nuqson bilan tug’ilishi mumkin.
  • Suvchechakdan yosh bolalarni emlash uchun tirik vaksina ishlab chiqarilgan.

Suvchechak – virusli kasallik, Suvchechak kasalligi