SUV XOʻJALIGI

SUV XOʻJALIGI

SUV XOʻJALIGIxalq xoʻjaligi tarmogʻi; suv resurelarini oʻrganish, hisobga olish, undan kompleks foydalanishni rejalashtirish, sugʻorish sistemalarini ekspluatatsiya qilish, yer osti va yer usti suvlarini ifloslanishdan, tugab qolishdan saqlash, shuningdek, uni isteʼmolchilarga yetkazib berish bilan shugʻullanadi. Suv xoʻjaligi vazifasiga yerlarni sugʻorish, zaxini qochirish, yaylovlarni suv bilan taʼminlash; tuproq qatlamining yuvilib ketishi va jarliklar hosil boʻlishining oldini olish; yerlarni, binolar, inshoot va b. obyektlarni suv toshqini va suv bosishdan muhofaza qilish; sanoat, qishloq xoʻjaligi., aholini suv bilan taʼminlash (q. Suv taʼminoti), suv energiyasidan foydalanish; balikchilik va baliq ovlash, kema qatnashi va yogʻoch oqizish ishlari uchun zarur boʻlgan inshoot va moslamalarni qurish; suv resurelarining behuda sarflanishi, kamayib ketishi va ifloslanishidan muhofaza qilish va b. ishlar kiradi. Suv resurelariaan foydalanish tartibiga koʻra, xalq xoʻjaligi tarmoqlari suv isteʼmolchi va suvdan foydalanuvchi tarmokGʻiapra boʻlinadi. Suv isteʼmol ch il ar (sanoat, qishloq xoʻjaligi., kommunal xoʻjaligi) suvni manbadan olib, aksariyat tamomila isteʼmol qiladi yoki bir qismini oʻzlashtiradi va bugʻlantirib yuboradi, qolgan qismini esa sifatini oʻzgartirgan (oqova) holda qaytaradi. Natijada manba suvining sifati, mikdori va rejimi oʻzgaradi. Suvdan foydalanuvchilar (gidroenergetika, suv transporta, baliqchilik va b.) suvning oʻzidan emas, uning energiyasidan va suvli muhitdan foydalanadilar, natijada manbadagi suv sifati, mikdori va rejimi oʻzgarmaydi.

Ensiklopediya.uz
SUV XOʻJALIGI