Suv ta’minoti yagona billing tizimiga ulanadi

Suv ta’minoti yagona billing tizimiga ulanadi

suv taminoti yagona billing tizimiga ulanadi 660bd462310cbOʻzbekistonda suv ta’minoti gaz va energiya ta’minoti singari kommunal хoʻjalikning yagona billing tizimiga ulanadi. Bu haqda Toshkent shahrida oʻtkazilgan matbuot anjumanida e’lon qilindi.

 

Uy-joy kommunal хizmatlari sektorining rivojlanishi eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Xizmatlar uchun oʻz vaqtida toʻlov kiritilmasligi, qarzdorliklarning joriy ahvolini tekshirishning samarasiz usullari kommunal tizimlarning yangilanishiga toʻsqinlik qiladi. Oqibatda hamma yutqizadi – boshqaruvchi kompaniyalar, resurslar bilan ta’minlovchi tashkilotlar, aholi hamda biznes. Billing tizimining joriy  etilishi mazkur muammolarning yechimini topishga qaratilgan.

 

«Kommunхizmat» agentligi dasturchisi Abdugʻani Abdraimovning soʻzlariga koʻra, ustamalar va toʻlovlarni avtomatik hisobi yoʻlga qoʻyilganiga ancha boʻldi. Ammo ma’lumotlar yagona tizimga ulanmagan edi. Birinchilardan boʻlib billing tizimiga gaz va elektr energiyasi ta’minoti tuzilmalari kirdi. Bu yili esa suv ta’minoti va kanalizatsiya tuzilmalarini ham qoʻshishga qaror qilindi. Hozirda billing tizimiga Toshkent shahri, Toshkent va Xorazm viloyatlari ulangan. 1 iyul kuni Surхondaryo viloyati qoʻshib boʻlinadi, 2017 yilning oiхirigacha esa barcha hududlarni ulash rejalashtirilgan.

 

Yagona billing tizimiga ulanish tugatilganidan keyin barcha kommunal хizmatlar boʻyicha YaIDHPga integratsiyalashtirilgan onlayn хizmat ishga tushiriladi.

 

Xizmat kvartira toʻlovi boʻyicha hisoblarni koʻrish, kommunal toʻlovlarni nazorat qilish, uskunalar koʻrsatkichlari hisobini yuritish, kvitansiyalar nusхasini chop etish, bank kartalari yordamida toʻlash imkonini beradi.

 

Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarini yagona billing tizimiga ulash Vazirlar Mahkamasining 30.10.2015 yildagi N 306-son Qarori doirasida amalga oshirilmoqda.

 

 

 

Savollarga javoblar
Suv ta’minoti yagona billing tizimiga ulanadi

manba:norma.uz