SUV OSTI SPORTI

SUV OSTI SPORTI

SUV OSTI SPORTI — turli masofaga tez suzish, shoʻngʻish, moʻljal olish, turizm va maxsus anjomlar (akvalang, maska, last)dan foydalanib suv ostida ov qilish. Bu sport turi qadim zamonlardan maʼlum boʻlib, suv ostida turli musobaqalar oʻtkazilgan, shuningdek, suvga shoʻngʻib suv ostidan marvarid, choʻkkan kemalardan buyumlar olib chiqishda qoʻl kelgan.

Ensiklopediya.uz
SUV OSTI SPORTI