SUV MUHOFAZA OʻRMONLARI

SUV MUHOFAZA OʻRMONLARI

SUV MUHOFAZA OʻRMONLARIsuv manbalari va havzalarini ifloslanish va loyqa bosishdan saklash, suv zaxiralarini koʻpaytirish, ularning muntazam toʻyinishini taʼminlashga xizmat qiladigan tabiiy va maxsus barpo etilgan oʻrmonzorlar. Suv muhofaza oʻrmonlari shuningdek, suvni tartibga solish va tuproqni himoya qilish vazifasini ham bajaradi; tuproqni shamol va suv eroziyasidan saklaydi; shamol tezligini pasaytiradi, namlikning tuproq ostiga oʻtishini kuchaytiradi; selnpng oddini oladi; tuproq eroziyasi mahsulotlarini ushlab qolib, havo va suvni tozalaydi. Suv muhofaza oʻrmonlari suv oqimi oʻzgaruvchanligini kamaytiradi; bu bilan gidrotexnika inshootlari va GESlarning muntazam ishlashiga, shahar va aholi punktlarini ichimlik suv bilan, qishloq xoʻjaligi. ni sugʻorish suvi bilan barqaror taʼminlashga imkon beradi. Suv muhofaza oʻrmonlari 1 guruh oʻrmonlariga kiritiladi. Oʻrta Osiyo hududida asosiy daryolarning oqimi togʻlarda hosil boʻladi, shu sababli togʻ oʻrmonlarining ahamiyati, ayniqsa, katta. Oʻsimliklar va koʻp mikdorda nam singdiradigan xazon toʻshamalarigina togʻlarga yogʻadigan yogʻinlarni, ayniqsa jala yomgʻirlarini tutib qolishi mumkin. Tajribalarda suv havzasi maydonida daraxtzorlarning 10% koʻpayishi oqimni 12—17 mm orttirishi aniklangan. Oʻrta Osiyo togʻlarida oʻrmonlar kam: togʻlarning oʻrmonlar bilan qoplanish darajasi 2,47%, jumladan, Oʻzbekistonda 2%, Qirgʻizistonda 4,2%, Tojikistonda 1,8%, Turkmanistonda 0,8%, Jan. Qozogʻistonda 2,5% ni tashkil etadi. Shuning uchun ham bu mintaqada oʻrmonlarni muhofaza qilish va yangi oʻrmonzorlar barpo etish masalasi juda katta ahamiyatga ega. 1880-y. da Samarqand (Omonqoʻton)da N. I. Korolkov, 1889-y. da Toshkent viloyati (Oqtosh)da S. Yu. Rauner birinchi marta Oʻrta Osiyodagi togʻ yon bagʻirlarida oʻrmonzorlar tashkil etishga asos soldilar. Bu oʻrmonzorlar hozir ham mavjud. Archa, pista, yongʻoq, bodom, qora archa va b. togʻlardagi asosiy daraxtlar hisoblanadi. Ekologik ahamiyati katta boʻlgan archazorlar bal. 1200 dan 3000 m gacha boʻlgan togʻlarda oʻsadi. Oʻrta Osiyoda tabiiy archazorlar 492,8 ming ga dan ortiq, jumladan, Oʻzbekistonda 192,5 ming ga, Qirgʻizistonda 151,8 ming ga, Tojikistonda 124,7 ming ga, Turkmanistonda 23,8 ming ga maydonni, togʻ yon bagʻirlarida ekilgan archazorlar 5000 ga dan ziyod maydonni egallaydi.

Ensiklopediya.uz
SUV MUHOFAZA OʻRMONLARI