Suv hisoblagich o’rnatib qancha miqdorda mablag’ tejaysiz? haqida to’liq ma’lumot oling

Suv hisoblagich o’rnatib qancha miqdorda mablag’ tejaysiz? haqida to’liq ma’lumot oling

DO`STLARGA ULASHING:

Suv hisoblagich o’rnatib qancha miqdorda mablag’ tejaysiz?

“O’zsuvta’minot (https://uzsuv.uz/uz)” AJ ma’lumotlariga ko’ra foydalanilgan suv uchun to’lovlar 2 xil usulda amalga oshiriladi. Bular:
1. Tarif asosida;
2. Hisoblagich orqali.

Tarif asosida hisoblashda bir kishiga bir kunda o‘rtacha 250-300 litr suv to‘g‘ri keladi. Suv o‘lchagich bilan esa hisob-kitob faqat iste’mol qilingan suv uchun bo‘ladi.

Taxminan qancha mablag’ tejaladi:

Deylik oilada 5 kishi yashaydi, ta’rif bo’yicha 1 kishi uchun o’rtacha 3000-3500 so’m dan hisoblanadi va bir oyda 17 500 so’m kelib chiqadi. Bu bilan bir yilda siz 200 000 so’m to’lov qilasiz.

Lekin hisoblagich orqali shu oila bir oyda 7 metr³ suv ishlatishi mumkin. Hududlarga qarab 1 kub ichimlik suvining aholiga mo‘ljallangan narxi 225 so‘m dan 1240 so‘m gacha. Bu esa bir oyda o’rtacha 6000 so’m va bir yilda esa 72 000 so’m boladi.

• 200 000—72 000=128000 so’m

Shunday qilib bir yilda siz 128000 so’m mablag’ tejaysiz.

@NarxiQancha | Batafsil (https://uzsuv.uz/uz/posts/hisoblagich)

Malumotlar
Suv hisoblagich o’rnatib qancha miqdorda mablag’ tejaysiz?